Ijtimoiy xarajatlarning 49 foizi taʼlimga sarflandi


651     03.09.2025

Fraksiyaning kelgusi yig‘ilishida Davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalar byudjetlarining 2025-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, fraksiya yig‘ilishida deputatlar Davlat byudjeti muhokamasida partiya g‘oyalaridan kelib chiqib qanday masalalarga eʼtibor qaratish zarurligi bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Ushbu masala bo‘yicha deputat Ruslan Jumamuratov so‘zga chiqib, ijtimoiy xarajatlarning 49 foizi taʼlimga yo‘naltirilganini maʼlum qildi. Jumladan, taʼlim tizimiga Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,3 trln so‘mga yoki 114 foizga oshib, 42,6 trln so‘mni tashkil etdi. Umuman, xarajatlarning 70 foizi umumiy taʼlimga, 18 foizi maktabgacha taʼlimga va 12 foizi  esa kadrlar tayyorlashga yo‘naltirildi.