Muammo byudjetda emas, muammo ijroda


909     03.09.2025

Fraksiya aʼzolari hududlarda o‘rganishlar chog‘ida maktablarni darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘la taʼminlashda hamon muammolar borligini aniqlagan va "Milliy tiklanish" bu masalani muntazam tegishli vazirlik oldiga ko‘tarib kelar edi. Deputat Bahodir Mamatxonov shu haqida gapirib, hisobot davrida bu borada samarali ishlar qilinganini qayd etdi. Jumladan, darsliklar bilan bog‘liq xarajatlar uchun 784,8 mlrd so‘m, musiqa anjomlar xaridi uchun esa 49,4 mlrd so‘m sarflangan.

– Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, muammo byudjetdan ajratilayotgan mablag‘da emas, muammo ijroda, – dedi fraksiya aʼzosi.