Bolaga tarbiyasiz taʼlim berib bo‘lmaydi.


133     09.08.2024

   “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar saylovlarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlayotganlar soni kun sayin ko‘paymoqda.

   Buning isbotini Buxoro viloyatida o‘tkazilgan imzo yig‘ish jarayonlari misolida ham ko‘rish mumkin.

   Xususan, Buxoro davlat pedagogika instituti, Yoshlar markazi, shuningdek, viloyatning olis hududlaridan biri bo‘lgan Jondor tumani kasb-hunarga o‘qitish markazi, tuman “Yoshlar bog‘i”da o‘tkazilgan ana shunday tadbirlarda mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

   – Bugun tarbiya masalasi eng dolzarb masalaga aylandi. Bolaga tarbiyasiz taʼlim ham berib bo‘lmaydi. Donishmandlar ham avvalo farzandga tarbiya berilmog‘i lozimligini ta'kidlaganlar. “Milliy tiklanish” esa so‘nggi yillarda tarbiya bilan bog‘liq hayotiy g‘oyalarni ko‘tarmoqda, – dedi jondorlik pedagog Nodira Tursunova.