Xalqaro ahamiyatga molik taklif va tashabbuslar


567     04.09.2025

Taʼkidlash joiz, Davlatimiz rahbari Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan “Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus” formatidagi uchrashuvda iqlim o‘zgarishi, xavfsizlik, investitsiya, transport, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar kabi masalalarda muhim ahamiyatga molik vazifalarni ilgari surdi.

Jumladan, kelgusi yili Toshkentda birinchi “Xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus muloqoti” hamda “SHHT Invest” investitsiya forumini o‘tkazish taklif qilindi. “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini kelgusida Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lash, SHHT innovatsion-texnologik xablar tarmog‘ini yaratish hamda Buyuk ipak yo‘li madaniy muloqotini taʼsis etish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Albatta, bu taklif va tashabbuslar bugun nafaqat bir davlat yoki bir mintaqa, balki dunyoviyligi bilan ham muhim ahamiyaga ega.

 

Nazira MUXTOROVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati