626 05.09.2025
“Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan boshlangan xayrli tashabbus – “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi yurtimizda bolalar kitobxonligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Kitobxon davlatlar tajribasidan maʼlumki, aslida kitobxonalik mana shunday tashabbuslar bilan rivojlanadi.
Men bolalar yozuvchisi sifatida ushbu loyiha ham “Silver Reading”, “Read vith me”, “Samel Librariyes” loyihalar kabi samarali bo‘lishiga ishonaman va yurtimizda ham bunday tashabbus boshlanganidan faxrlanman.
Loyiha boshqa tashkilotlariga ham namuna bo‘lib, kichik yoshdagi bolajonlar ham aslida ashaddiy kitobxon ekanligiga xalqimiz, ayniqsa, ota-ona va pedagoglarni tez orada ishontira oladi.
Bog‘cha yoshidagi bolajonlarni doimo shirinliklar, turli o‘yinchoqlar bilan siylashga o‘rganib, ko‘nikib qolgan ekanmiz. Bugun bolajonlar kitoblar bilan xursand qilinyapti. Bu yangicha nazar va ziyo sari burilishdir. “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi bardavom bo‘lsin.
Dinara MO‘MINOVA,
Bolalar yozuvchisi, pedagog