Maqsad: yoshlarning siyosiy faolligini oshirish


592     06.09.2025

Partiya Markaziy kengashida talabalar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Maqsad: yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, partiyaning dasturiy g‘oyalari bilan tanishtirish hamda ularni Vatan taqdiri uchun masʼuliyatli bo‘lishga chorlashdan iborat.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda yoshlar siyosatiga oid fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob ham oldilar. Tadbir yakunida partiya safiga qo‘shilishni istagan 20 nafar talaba aʼzolikka qabul qilindi.