Imzo yig‘ishda navoiyliklar faol


164     10.08.2024

   Viloyatning Karmana tumani tibbiyot birlashmasi hamda Navbahor tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida o‘tkazilgan imzo yig‘ish tadbirida ishtirok etganlar 27-oktyabrda o‘tkazilishi belgilangan saylovda “Milliy tiklanish”ning ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini o‘z imzolari bilan tasdiqladilar.

   Tibbiyot xodimlari, "Yoshlar qanoti"ning “Ko‘mak” guruhi aʼzolari, ilk marotaba saylovda qatnashadigan faol yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda viloyat Kengashi raisi Ilhom Rajabov saylov jarayonlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, saylov tizimlari, shuningdek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar berdi.