Yetti ming bog‘chaga ming dona kitob


586     08.09.2025

Yig‘ilishda bog‘chalarni kitob va qo‘llanmalar bilan taʼminlash masalasi ko‘tarildi. Mamlakatimizda yetti mingga yaqin davlat bog‘chalari bo‘lsada, ular uchun chop etilayotgan kitoblar nusxasi 1000 nusxadan oshmayapti.

– Tegishli vazirlik bog‘chalarni faqat o‘yinchoqlar bilan taʼminlashni o‘ylamay, bolalarbop kitob va didaktik qo‘llanmalar yetkazish haqida ham o‘ylashi kerak emasmi? Axir bolalarda kitob o‘qish ko‘nikmasi bog‘chadan boshlanadiku, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.