Imtiyoz oluvchilar safi kengaymoqda


495     08.09.2025

Yig‘ilishda birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan Soliq kodeksiga davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan ozod qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, loyihada ota-onaning kunduzgi parvarish xizmatidan foydalangani uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish nazarda tutilyapti.

Tahlillarga ko‘ra, bugun 168 ming nafar imkoniyati cheklangan bolalarning 27 ming nafari Agentlik tizimidagi muassasalarda, 700 nafarga yaqini esa ixtisoslashtirilgan bog‘cha va maktablarda tashkil etilgan “G‘amxo‘rlik” guruhida taʼlim-tarbiya olmoqda.