198 12.08.2024
Ayni paytda boshlangan fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston –2030” strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024-yil birinchi yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisoboti eshitildi.
Fraksiya aʼzolari davlat dasturi ijrosini partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, asosiy eʼtiborni ijtimoiy yo‘nalishlar – maktabgacha va maktab ta'limi sohasida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratdi.
Hisobotda qayd etilishicha, o‘tgan olti oyda 2 684 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etildi va bu orqali qamrov 74,6 foizga yetkazildi. 37 ta nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali esa qo‘shimcha 8500 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratildi.