Erta turmush qurish yetti baravarga oshgan


533     12.09.2025

Partiyaning Toshkent shahar Kengashi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida “Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olish” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda erta nikoh va uning huquqiy, ijtimoiy oqibatlari, bu borada ota-onalar, mahallaning masʼuliyati haqida maʼlumotlar berilib, savollarga javob qaytarildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda erta turmush qurish 2024-yilda 2023-yilga nisbatan yetti baravarga oshgan. Nikohlar asosan ota-ona yoki qarindoshlarning bosimi ostida bo‘lmoqda.