767 15.09.2025
Deputat Azamat Pardayev Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining milliy maʼruzasi muhokamasida ISOning korrupsiyaga qarshi menejment tizimi sertifikati masalasini ko‘tardi. Maʼlumki, vazirliklarning aksariyati 2020-yildan boshlab ushbu sertifikatni olgan. Lekin ularning samarasi qanchalik o‘zini oqlayapti.
Masalan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ham ushbu sertifikatni olgan bo‘lsa kerak. Lekin hisobotda ushbu vazirlik eng korrupsiyalashgan idoralardan biri sifatida qayd etilgani birinchi marta emas.