"Bir saylovchi — bir ovoz" tamoyili taʼminlanadi


255     12.08.2024

   Yig‘ilishda saylov qonunchiligiga so‘zsiz rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

   Shu maqsadda ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks "Bir saylovchi – bir ovoz" tamoyilini taʼminlash maqsadida fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov 
(ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi tegishli modda bilan to‘ldirilmoqda.

   Shuningdek, saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari yuzasidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.