592 15.09.2025
Yig‘ilishda birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Qonun loyihasiga ko‘ra yurtimizda islomiy bank va islomiy “darcha”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “yashirin” iqtisodiyot ulushini kamaytirish va tizimga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nazarda tutilmoqda.
UNDP so‘rovnomasiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 68 foizi, biznes vakillarining esa 60 foizi diniy eʼtiqodi sabab anʼanaviy bank xizmatidan foydalanishni xohlamaydi.