“Yangi ommaviy axborot vositalari, yangi hayot”


707     17.09.2025

Shu kunlarda Pekinda Xitoy kommunistik partiyasining xalqaro bo‘limi (IDCPC) tomonidan tashkil etilgan “Yangi ommaviy axborot vositalari, yangi hayot” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Xitoy bilan yaqin hamkorlikka ega bo‘lgan 15 davlatning siyosiy partiyalari hamda OAV vakillari, jumladan, “Milliy tiklanish” vakili ham ishtirok etyapti.

Xalqaro seminar ishtirokchilari Xitoyning nafaqat OAV, media sanoati, balki bu boradagi ilm-fan va texnologiyalar yutuqlari bilan tanishmoqda. Sohaning yetakchi vakillari bilan uchrashib, o‘zaro tajriba almashmoqda.  

Xitoy bilan qo‘shni davlatlar o‘rtasida yangi davr tashviqot tajribasi va ommaviy axborot vositalari hamkorligini kuchaytirish, axborot asrining “soxta yangiliklar” muammolarini birgalikda hal qilish, mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro tushunish va do‘stlikni kuchaytirish, tinchlik, barqarorlik, taraqqiyot va farovonlikni birgalikda himoya qilish xalqaro seminarning bosh maqsadi hisoblanadi.