“Mening birinchi kutubxonam” Qoraqalpog‘istonda


800     19.09.2025

Bolajonlarni mutolaaga qiziqtirish orqali maʼnaviy olamini boyitish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi Qoraqalpog‘istonga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik. Ana shunday tadbirlardan birinchisi Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu loyihaning yoshlar taʼlim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida gapirib, kitob o‘qish bolajonlarning intellektual salohiyatini oshirish, ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarish, nutqi, fikrlash, tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

Maʼlumki, partiya tomonidan “Bolangiz bilan kitob o‘qing” aksiyasi doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotlariga kitob javonlari hamda 63 nomdagi bolalarga mo‘ljallangan eng sara adabiyotlar to‘plami taqdim etilmoqda.

Shu kunlarda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turgan partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova boshchiligidagi guruh Amudaryo tumani Qipchoq ovulida joylashgan “Chilpiq qalʼa” yodgorligida ham bo‘ldi.