Fraksiyaning yangi aʼzosi tanishtirildi


590     22.09.2025

Fraksiya yig‘ilishi tashkiliy masala bilan boshlandi. Maʼlumki, o‘tgan parlament saylovlari yangicha tizim asosida, yaʼni mojaritar va proporsional saylov tizimi asosida o‘tkazilgan edi. Proporsional saylov tizimiga ko‘ra, bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinini partiya ro‘yxati bo‘yicha navbatdagi nomzod egallaydi.

Avval xabar berganimizdek, "Milliy tiklanish" fraksiyasi aʼzosi Mahmud Istamov Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Yangi tartibga ko‘ra, uning o‘rniga Nigora Lutfullayeva fraksiyaning yangi vakili sifatida tanishtirildi. Markaziy saylov komissiyasi vakili deputatga guvohnoma va ko‘krak nishonini topshirdi.