Shovqin qilmang, javobgarlikka tortilasiz!


727     22.09.2025

Fraksiya yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan aholini shovqindan himoya qilish jarayoni tartibga solinmoqda. Tungi vaqt – 23:00 dan 07:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, shuningdek, dam olish va bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha vaqt oralig‘ida fuqarolar osoyishtaligini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

Bu tartib milliy bayramlar, ommaviy sport va madaniy tadbirlar, shuningdek, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish natijasida yuzaga keladigan shovqinga nisbatan tatbiq etilmaydi.