Sirdaryoliklar ham hech bir jarayonga befarq emaslar


136     14.08.2024

   Partiyaning Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan boshlang‘ich partiya tashkilotlari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda imzo yig‘ish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

   Guliston tumani Madaniyat markazida o‘tkazilgan ana shunday jarayonlardan birida 100 nafardan ziyod yurtdoshlarimiz ishtirok etib, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bo‘lajak siyosiy tadbirda ishtirokini qo‘llab-quvvatlab imzo chekdilar.

   – Ko‘rib turganingizdek, sirdaryoliklar ham hech bir jarayonga befarq emaslar. Chunki viloyatimiz ahli ham barcha sohalardagi o‘zgarishlarni kundalik hayotlarida his qilib yashayaptilar. Eng asosiysi, oilasi tinch, farzandlari kelajagidan xotirjam, hayotidan rozi. Odamga bundan boshqa yana nima kerak? – dedi viloyat Kengashi raisi Norbobo Soatov.