649 25.09.2025
Qonunchilik palatasi deputatlari, jumladan, “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzolari yana hududlarda o‘rganishlarni boshladi. Maqsad: joylarda islohotlar jarayoni bilan tanishish, aholi muammolarini hal qilish hamda partiya g‘oyalari asosida amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘rganishdan iborat. Jumladan, deputat Azamat Pardayev Bulung‘ur tumanida bo‘lib, “Niyozmat” va "Xo‘ja Mazgil" mahallalari “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi. Chunki so‘nggi yillarda bu tuzilmani islohotlar natijadorligini taʼminlovchi kuch sifatida shakllantirishga katta eʼtibor qaratilyapti.
Deputat tumandagi 11 va 39-sonli maktablarda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan ham tanishdi. Shuningdek, "Xo‘ja Mazgil Ota" qadamjosini ziyorat qilib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini o‘rgandi.