Kichik biznes – iqtisodiyotning qon tomiri


500     26.09.2025

Kichik biznesga iqtisodiyotning qon tomiri sifatida qaralayotgani bejiz emas. Aynan ushbu soha bugun eng ustuvor vazifaga aylangan yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim o‘ringa ega bo‘lmoqda. Buxoroning G‘ijduvon tumanida o‘rganishlar olib borayotgan deputat Maxsud Muhammedov ham bu safar asosiy eʼtiborni kichik biznes subyektlari faoliyatiga qaratdi.

“Zarangari issiq non” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishgan deputat bu yerda 14 nafar fuqaro ish bilan taʼminlanganini yuqori baholagan bo‘lsa, 10 sotixli issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yib, nafaqat o‘zini, butun oilasini ham ishli, ham daromadli qilgan Feruza Umarovaning tajribasini yanada kengroq yoyish taklifini berdi. Tadbirkor ayni paytda 100 million so‘mlik kredit olish harakatida yurganini maʼlum qildi. Bu qo‘shimcha daromad va yangi ish o‘rinlari yaratish deganidir.