Yoshlar zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatilishi kerak


493     26.09.2025

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz kasbiy taʼlim masalasiga alohida to‘xtalib, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilagan, jumladan, 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishni taʼkidlagan edi.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, Navbahor tumanida o‘rganishlar olib borayotgan Qonunchilik palatasi deputati Kozim Tojiyev mahalliy hamkasblari bilan birga 1-sonli politexnikum faoliyati bilan tanishdi. Deputat avvalo ustozlarni bayram bilan tabrikladi, qonunchilikda bu sohada bo‘layotgan so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishtirdi. Taʼlimni rivojlantirish, ustozlarning mehnatini yengillashtirish bo‘yicha takliflar oldi, fikr-mulohazalarini eshitdi.