577 26.09.2025
Qoraqalpog‘iston markazi – Nukus shahrida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida “Bayterek” mahallasi aholisi bilan uchrashgan deputat Ruslan Jumamuratov mamlakatimizda so‘nggi yillarda dunyoda o‘xshashi yo‘q noyob tuzilma – mahalla institutini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotgani, “yettilik” esa xalqimiz manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini taʼminlashda muhim o‘ringa ega bo‘layotganini taʼkidladi.
– Aholi muammolari avvalo mahallada hal qilinishi lozim, – dedi “yettilik” vakillari bilan uchrashgan deputat. Quyi palata vakiliga aholidan transport xizmatini yaxshilash, kredit bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil qilish takliflari bildirildi.