576 26.09.2025
Partiyaning Toshkent shahar Kengashi vakillari hamrohligida Chilonzor tumanidagi “Yakkatut” mahallasi faoliyati bilan tanishgan Qonunchilik palatasi deputati Vasila Fayziyeva hududda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Bunda aynan “yettilik”ning xizmati katta bo‘layotgani eʼtirof etildi.
Maʼlum qilinishicha, mahallada “Ayollar daftari”ga kiritilganlarning 80 foiz muammosi ijobiy hal etilgan. Voyaga yetmaganlarning 16 nafari kasb-hunarga yo‘naltirilgan. Yana bir necha fuqaroga biznesini boshlashi uchun kredit olishda ko‘mak berilgan.