460 26.09.2025
Kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yo‘li aholini daromadli ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratishdan iboratdir. Yurtimizda bu borada maqtashga arzigulik ishlar qilinyapti. Mana natija: Jizzax shahridagi “Qaliya” mahallasida istiqomat qilayotgan Nortoji Egamberdiyeva hovlisida issiqxona tashkil qilib, ro‘zg‘orini but qilayotgan bo‘lsa, Surayyo Sharipova qo‘ziqorin yetishtirib, oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. Tikuvchilik orqali shogirdlarini ko‘paytirayotgan Aziza Mannonova esa o‘z faoliyatini yanada kengaytirish harakatida.
Ushbu mahallada bo‘lgan Qonunchilik palatasi deputati Nazira Muxtorova “yettilik" vakillari bilan uchrashib, nafaqat o‘zini, oilasini, mahalladoshlarini ishli qilyotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznesini kengaytirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish zarurligini taʼkidladi.