555 26.09.2025
 
                                 
                                     
                                     
                                     
                                    Sirdaryo viloyatida o‘rganishlar olib borayotgan deputat Sherzod Qulmatov viloyat Kengashi raisi Nobobo Soatov hamrohligida ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Jumladan, Guliston shahridagi perinatal markazda bo‘lgan deputat bu boradagi ishlarni ijobiy baholagan bo‘lsa, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Oqoltin tuman bo‘limidagi qurilish ishlaridan kayfiyatsiz qaytdi.
Viloyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan tegishli qaror asosida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmir ishlari sifat talablariga mutlaqo javob bermaydi. Deputat mutasaddilarga ishlarni talab darajasida belgilangan vaqtda bajarish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni berib, ushbu loyiha ijrosini nazoratga oladigan bo‘ldi.