578 29.09.2025
Surxondaryoda o‘rganishlar olib borayotgan deputat Abdulhakim Eshboyev bu safar ham yana Oltinsoyda yakuniga yetmagan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi bino qurilishi bilan tanishdi. Deputat ikki oy muqaddam ham ushbu obyektda bo‘lganida qurilish yakunlanmayotganiga eʼtiroz bildirgan, masʼular esa buning sababini mablag‘ yetishmayotgani bilan izohlagan edi. O‘shanda deputat aralashuvchi bilan bu masala hal etilgandi.
Lekin qurilish ishlari hamon oqsamoqda. Sabab esa yana pul bilan bog‘liq. Maʼlum bo‘lishicha, ishlar sifatli bajarilmagani uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘xtatilgan. Aholi esa mutasaddilardan shifo maskanini tezroq ishga tushirishni talab qilmoqda. Demak, deputat tegishli idoralarni oyoqqa turg‘azmasa, loyiha yakuni yanada cho‘ziladiganga o‘xshaydi.