Kun mavzusi yana korrupsiya


500     29.09.2025

Jondor tumanida o‘rganishlar olib borayotgan deputat Jahongir Shirinov asosiy eʼtiborni taʼlim va tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganishga, soha xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazishga qaratdi. Jumladan, maktab va bog‘chalarga qabul jarayoni, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, xodimlarni ishga qabul qilish va xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi. Chunki aholi murojaatlaridan maʼlum bo‘ladiki, ushbu sohalarda maishiy korrupsiya hamon davom etyapti.

Tuman hokimligida mahalliy Kengash deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ham korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.