Sovuq kunlar yaqin, tayyorgarlik esa...


600     29.09.2025

Xivada o‘rganishlar olib borayotgan deputat Jumanazar Otajanov asosiy eʼtiborni ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga qaratdi. Jumladan, 18-sonli bog‘chada bo‘lgan deputat bu boradagi ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganiga guvoh bo‘ldi. Bog‘chada mavjud ikkita isitish qozoni taʼmirlanmagan. Yana bir masala: 52 nafar tarbiyachining atigi 23 nafari pedagog, xolos.

Deputat tez tibbiy yordam markazi va oilaviy poliklinikada ham bo‘lib, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish holati bilan tanishdi. Sharoitlar yaxshi, belgilangan dori-darmonlar bilan taʼminlangan. Xizmat to‘la raqamlashtirilgan. "Xiva Abu Ali ibn Sino" nomidagi jamoat salomatligi texnikumidagi holat ham ijobiy. Lekin texnikum rahbariyati talabalar yotoqxonasi taʼmirtalab holatga kelgani bo‘yicha murojaat qildi. Deputat ushbu masalani ijobiy hal qilish chorasini ko‘rishini maʼlum qildi.