Asosiy eʼtibor Yangi O'zbekiston islohotlariga qaratildi


748     29.09.2025

Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari hamda Toshloq tumanida bo‘lgan Qonunchilik palatasi deputati Nodir Tilavoldiyev keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqt o‘tkazib, Yangi O‘zbekiston islohotlari, qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Shuningdek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi sessiyasida ishtirok etdi, shahar bandlikka ko‘maklashish markazi “Yangi bog'" mahalla “yettiligi” hamda 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. Muammolarni o‘rgandi.

Farg‘ona davlat universiteti va Toshloq tuman taʼlim tashkilotlari proffesor-o‘qituvilari bilan uchrashuvda esa asosiy eʼtibor ushbu sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga qaratildi.