697 29.09.2025
Partiyaning Toshkent shahar Kengashida “Siyosatchi ayollar klubi”ning o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi. Tadbirda deputatlar faoliyati doimiy nazorat-tahlil qilib borilayotgani, baholab boruvchi monitoring yo‘lga qo‘yilgani va uning talab, qoidalari tushuntirildi.
Kelgusi davr uchun amaliy tavsiyalar ham belgilandi. Klub aʼzolarining malakasini oshirish, tashabbuslarni kuchaytirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi “Siyosatga marhamat”, “Ayol va siyosat” va “Siyosat maydoni” loyihalarini faollashtirish, ularni oliy taʼlim muassasalarida ommalashtirish tavsiya etildi.