1274 30.09.2025
Eʼlon!
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “O‘zimizniki...” aksiyasini eʼlon qiladi va loyihaning ilk mavsumini muzeylarda tashkil etadi. “O‘zlikka Sayohat muzeydan boshlanadi!” shiori ostidagi aksiya partiyaning hududiy Kengashlari tomonidan tashkil etiladi va ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishda taqdirlanadi.
Aholiga kam maʼlum bo‘lgan birgina noyob eksponat haqida tayyorlangan eng yaxshi videolavha.
Sovg‘alar:
1-o‘rin uchun - Aqlli ovoz kuchaytirgich (Smart speaker);
2-o‘rin uchun - Aqlli soat;
3-o‘rin uchun - Telefon quvvatlagich (Power bank).
Tanlovda ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
– mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilgani;
– muallifning kontent yaratishdagi o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, kreativligi, ishning plagiat emasligi;
– yuborilgan ishlar avval hech qayerda eʼlon qilinmagan bo‘lishi.
Tanlovda ishtirokchilarning yoshi cheklanmaydi.
Ijodiy ishlar har bir huddudda tashkil etilgan tashkiliy qo‘mita va hakamlar hayʼati tomonidan tanlov mezonlari asosida saralanadi va g‘oliblar aniqlanadi.
Videokontentlar hududiy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi.
Videolavhalar joriy yilning 15-oktyabr kuniga qadar yuborilishi shart! G‘oliblar 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
Aksiyada ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
Bog‘lanish uchun telefon raqamlari:
|
№ |
Hudud nomi |
Bog‘lanish uchun raqamlar |
|
1. |
MTDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi |
(61) 222-91-76 90 575-77-70 @abizovich |
|
2. |
MTDP Andijon viloyat Kengashi |
90 381 00 96 @Shohruh_696 |
|
3. |
MTDP Buxoro viloyat Kengashi |
652210613 94 122 96 22 @mohinur9622 |
|
4. |
MTDP Jizzax viloyat Kengashi |
939439891 @Ibragimov_office |
|
5. |
MTDP Navoiy viloyati Kengashi |
79 226-10-17 93 953-11-19 @gaybullayeff_sh |
|
6. |
MTDP Namangan viloyat Kengashi |
97 466-00-16 @Jahongirshoh_02 |
|
7. |
MTDP Samarqand viloyat Kengashi |
94 240- 97-14 @S10ggg |
|
8. |
MTDP Sirdaryo viloyati Kengashi |
94 454 54 70 @sirdaryo_vil_yosh |
|
9. |
MTDP Surxondaryo viloyat Kengashi |
99 685-33-55 @polvonlarim131722 |
|
10. |
MTDP Toshkent viloyat Kengashi |
71 244-30-96 99 304- 03- 83 |
|
11. |
MTDP Farg‘ona viloyat Kengashi |
90 405 90 05 @LIDER_AYOL279 |
|
12. |
MTDP Xorazm viloyat Kengashi |
909207309 @zilolamadaminova |
|
13. |
MTDP Qashqadaryo viloyat Kengashi |
90 441-05-02 @Jalilova_Dilfuza_Karimovna |
|
14. |
MTDP Toshkent shahar Kengashi |
90 327 92 72 @Ruxshona_1991 |