Odamlar ham vaqtini, ham naqdini tejashni o‘rgansin


587     30.09.2025

Deputat Nodir Tilavoldiyev Marg‘ilon shahridagi o‘rganishlarini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. “Do‘stlik” mahallasidagi to‘rt nafar nogironi bor oila xolidan xabar olgan deputat xalqimizning saxovatpeshanligiga guvoh bo‘ldi. Deputatning taʼkidlashicha, aksariyat davlatlarda bunday masalalar faqat davlat tomonidan ko‘mak berish orqali hal qilinadi. Yurtimizda esa muhtojlarga qadriyatlarimizdan kelib chiqib, asosan qo‘li ochiq insonlar tomonidan muruvvat ko‘rsatiladi.

Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi vakili hamrohligida deputat Marg‘ilon shahridagi davlat xizmatlari markazi faoliyatini o'rgandi. Bugun markazda 430 turdagi xizmatlar ko‘rsatilayotgani yaxshi, albatta. Lekin yagona interaktiv davlat xizmatlari portali targ‘ibotini yanada kuchaytirish kerak. Toki, odamlar markazga kelmasdan ham vaqtini, ham naqdini tejashni o‘rgansin.