597 01.10.2025
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan partiyaning Toshkent shahar Kengashida bo‘lib o‘tgan tadbirda deputatlik faoliyati bilan bir vaqtda asosiy vazifasi – o‘quvchi va talabalarga ustozlik qilayotgan pedagoglarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
"Maʼlumki, "Milliy tiklanish" uchun tarbiya-taʼlim, pedagoglar maqomini oshirish ustuvor vazifa bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar orasida pedagog kasbi fidoyilarining borligi esa partiyaning taʼlim tizimi bilan bog‘liq maqsad va vazifalari, g‘oyalari hayotiyligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda", – dedi tadbirda ishtirok etgan partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov.