Yangi O‘zbekistonda buyuklik maqomiga ega bo‘lgan kasb


722     01.10.2025

Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyevaning Sariosiyo tumanidagi o‘rganishlari Ustoz va murabbiylar kuniga bag'ishlab o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtiroki bilan boshlandi. Deputat ustozlarni bayram bilan tabriklarkan, pedagoglar Yangi O‘zbekistonda haqiqiy maʼnoda buyuklik maqomiga erishganini taʼkidladi.

Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston – yangi mahalla” tamoyili asosida mahallalarda bo‘lib, “yettilik” faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. Nuroniy va faollar bilan uchrashib, mahallaning dolzarb masalalari va ularni hal etish bo‘yicha ochiq muloqt o‘tkazdi.