617 02.10.2025
Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova Andijondagi oʻrganishlarini Boʻston va Jalaquduq tumanlarida oʻtkazdi. Dastlab Boʻston tuman hokimligida koʻp bora koʻtarilgan “kanalizatsiya” muammosi yuzasidan mutasaddilar bilan uchrashdi va ushbu masalani 2026-yilgi Davlat dasturiga kiritish boʻyicha deputatlik soʻrovi yuborilishi belgilandi. Shundan soʻng deputat partiyaviy loyiha – “Xizmat – beminnat” doirasida yoʻlga qoʻyilgan tikuvchilik toʻgaragi faoliyati bilan tanishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Jalaquduqda boʻlgan deputat partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovga ariza bilan murojaat qilgan “Uzunkoʻcha” mahallasi fuqarosi M.Ahmedov bilan uchrashdi. Murojaatchining bildirishicha, “Gʻayrat” mahallasi yaqinidagi adirlikda favqulodda suv yigʻiladigan joy atrofida chiqindilar toʻplanib, atrof-muhitga zarar etkazyapti. U.Rahmonova ushbu masalani joyiga chiqib oʻrgandi va uni bartaraf etish uchun tegishli tashkilotlarga koʻrsatma berdi.