603 02.10.2025
“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida o‘tgan bayram tadbirida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev so‘zga chiqib, oliygohning professor-o‘qituvchilari, uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriy ustozlarni bayram bilan tabrikladi. Ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
– Fidoyi pedagoglarimizning bilim va tajribalari nafaqat universitetning akademik salohiyatini yuksaltirishga, balki jamiyatning intellektual taraqqiyoti va yoshlarning yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlarida katta yordam bermoqda, – dedi oliygoh rahbari.