701 02.10.2025
Qonunchilik palatasi deputati Sherzod To‘xtashevning Pastdarg‘om tumanidagi uchrashuvlarida asosiy mavzu taraqqiyot kushandasi – korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi bo‘ldi. Tuman hokimligida mahalliy Kengash deputatlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda taʼlim muassasalarida o‘tkazilgan uchrashuvlarda Yangi O‘zbekiston islohotlarida korrupsiyaga qarshi kurash eng ustuvor masalaga aylangani bejiz emasligi taʼkidlandi.
– Bu illat har qanday davlat taraqqiyoti va obro‘-eʼtiboriga putur yetkazadi, hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qilishi bilan nihoyatda xavflidir, – dedi ushbu mavzuda so‘zga chiqqan deputat.