689 02.10.2025
Tahlillarga ko‘ra, yurtimizda korrupsiyaning 75 foizi maishiy shaklda yuz beryapti. So‘nggi yillarda unga qarshi jiddiy kurash olib borilyapti, lekin ko‘p hollarda sabablar chetda qolib, oqibati bilan kurashilayapti, xolos. Odamlarning ishi ko‘p tushadigan hokimlik, taʼlim va tibbiyot, kadastr, bank va soliq idoralarida “korrupsiyaviy tuynuklar” to‘liq yo‘qolishi qiyin kechmoqda.
Samarqandning Payariq tumanida o‘rganishlar olib borgan deputat Bekmirza Eshmirzayevning tuman tibbiyot birlashmasi vakillari bilan uchrashuvida ham asosan ushbu masala muhokama qilindi. Tibbiyot maishiy korrupsiya eng ko‘p tarqalgan sohalardan biri bo‘lib qolmoqda va bu odamlarning haqli eʼtiroziga sabab bo‘layotir.