Ustozlar holidan xabar olindi


448     02.10.2025

Rais o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova boshchiligidagi partiya Markaziy kengashi vakillari O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yoshi ulug‘ faxriylar, elimiz suygan ziyolilar – ustozlarni yo‘qladi. Bayram bahona yana bir bor ularning suhbatidan bahramand bo‘ldilar.

Taʼkidlash joiz, so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan o‘zgarishlar milliy anʼanalarimiz – keksalarga mehr-oqibatli bo‘lish, hurmatini joyiga qo‘yish, yoshlarga eʼtibor mamlakatimiz taraqqiyoti qadriyatlarimizga asoslanayotganini ko‘rsatadi.