579 02.10.2025
Farg‘onada o‘rganishlar olib borayotgan deputat Sayyora Jumayeva viloyatda ro‘yxatga olinmagan madaniy meros obyektlarini aniqlash, davlat muhofazasiga olish, shuningdek, ularning tarixiy ahamiyatidan kelib chiqib davlat yoki YUNESKO ro‘yxatiga kiritish choralarini ko‘rish maqsadida Ahmad al-Farg‘oniy yodgorligida bo‘ldi. Majmua viloyatning eng diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lsada, bugun eʼtibordan chetda qolgan. Shuningdek, Qo‘qon shahridagi “Mo‘yi muborak” arxeologik yodgorligining ayni holati ham o‘rganildi.
– Afsuski, uch ming yildan ziyod tarixga ega ushbu manzil yo‘qolib ketish arafasida. Qadimiy devorlar kun sayin nurab boryapti. Ilgari ham ushbu masalada bir necha bor murojaat bo‘lgan ekan, lekin masʼullarning masʼuliyatsizligi sabab endi tarixiy obidaning vayron bo‘lgan qismini aslidek tiklab bo‘lmaydi, – dedi deputat.