492 02.10.2025
Ikki qardosh davlat – O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan parlamentlararo do‘stlik guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Onlayn” shaklda o‘tkazilgan uchrashuvda taʼkidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining izchil saʼy-harakatlari natijasida O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilib, barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanmoqda.
Uchrashuvda parlamentlararo muloqot ham rivojlanayotgani qayd etilib, bu hamkorlikni hududiy vakillik organlari darajasida ham faollashtirish muhimligi qayd etildi.