563 03.10.2025
Dehqonobod tumanida bo‘lgan deputat Farhod Zayniyev maishiy korrupsiya va uning oldini olish bo‘yicha Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi. Shu maqsadda bog‘cha va maktablarda qabul jarayonlari, tibbiyot muassasalarida aholiga xizmat ko‘rsatish, xodimlarni ishga qabul qilish va xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.
Mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda esa ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, byudjet mablag‘larining samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, joylarda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.