Partiyada yangi o‘rinbosar ish boshladi


96     15.08.2024

   “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida “Saylov–2024” bilan bog‘liq navbatdagi yig‘ilishda imzo to‘plash ishlari yakunlari tahlil qilindi.

   Saylovning eng muhim bosqichi – imzo yig‘ish tadbirlari 1-avgustdan boshlanib, bugun yakuniga yetadi. Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtga qadar 45 mingga yaqin saylovchi partiyaning bo‘lajak saylovda ishtirokini qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘ygan.

   Maʼlumki, saylov davrida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda axborot siyosatini samarali yuritish bo‘yicha yangidan yangi chaqiruvlar, takliflar va yangi vazifalar yuzaga kelmoqda. Bu esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada faollashtirishni talab qiladi.

   Shundan kelib chiqib, yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, fraksiya aʼzosi Umida Rahmonovaga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisining Axborot siyosati va raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasi yuklatildi.

   Mazkur masala partiyaning navbatdagi Plenumi muhokamasiga kiritiladi.