Navbatdagi ochiq eshiklar kuni


592     03.10.2025

Partiya Markaziy kengashida navbatdagi ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirokida o‘tgan tadbirda yoshlar siyosatiga oid fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytarildi.

Bunday tadbirni o‘tkazishdan maqsad: yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni partiyaning dasturiy g‘oyalari bilan tanishtirish hamda Vatan taqdiri uchun masʼuliyatli bo‘lishga chorlashdan iborat.