645 06.10.2025
Qonunchilik palatasi tomonidan shu yilning fevralida qabul qilingan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Senat tomonidan 4-sentyabrda maʼqullanmadi. Sabab: oradan vaqt o‘tdi va ancha qonunlar o‘zgardi. Moddalarda esa ziddiyatlar bor. Shu bois, Senat yuzaga kelgan ziddiyatni hal etish uchun komissiya tuzishni taklif etdi.
Fraksiya yig‘ilishida ushbu masala muhokama qilinib, quyi palata komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Komissiya endi ushbu masalani hal etish uchun Senat bilan kelishishi kerak.