508 06.10.2025
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan “Vatandosh” kartasi egalari hamda ularning oila aʼzolari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish uchun to‘lanadigan davlat bojidan ozod etilmoqda.
Partiyamizning Saylovoldi dasturida vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilanganidan kelib chiqib, ushbu qonun loyihasi fraksiya aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.