Dunyoviy tinchlik va farovonlikka xizmat qiluvchi tashabbuslar


477     13.10.2025

Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti va “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti hamda MDH Davlat rahbarlari kengashidagi nutqi mazmun-mohiyati ham muhokama qilindi.

– Oliy darajadagi uchrashuvlarda Davlatimiz rahbari tomonidan nafaqat mintaqamiz, dunyoviy xavfsizlik va  iqtisodiy taraqqiyotga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildiki, ularning amalga oshirilishi xalqaro miqyosda tinchlik va farovonlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi shubhasiz, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.