Faqat ajratilgan emas, barcha hudud toza bo‘lishi kerak!


478     13.10.2025

Aksariyat davlatlar nafaqat tabiatga, inson salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazuvchi bir martalik plastik idishlardan voz kechmoqda. Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekistonda ham ekologik toza hududlarda ana shunday taqiqni joriy qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi. Biroq loyihada ko‘plab tushunmovchiliklar bo‘lgani bois, mazkur masala keyingi fraksiya yig'ilishiga qoldirildi. 

Deputatlarning fikricha, maʼlum hudud ekologik toza hududga ajratilib, faqat u yerlarda tozalik ishlariga ko‘proq eʼtibor qaratilishi noto‘g‘ri. Mamlakatimizning barcha hududida ekologik soflik taʼminlanishi lozim.