“Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”


504     14.10.2025

Partiya Markaziy kengashida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining AQSHdagi vakili, “Amazon” kompaniyasining logistika bo‘yicha mutaxassisi, Yoshlar parlamenti aʼzosi Humoyun To‘rayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Yoshlar qanoti” vakillari, Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirokida o‘tgan uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqining mazmun-mohiyati, "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashuvi hamda AQSHda yashayotgan o‘zbek yoshlarining bugungi hayoti masalasi bo‘ldi.

Maʼlumki, mamlakatimiz rahbari BMT sessiyasida “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni taʼsis etish hamda uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari surdi va bu tashabbus dunyo hamjamiyati tomonidan ham munosib qo‘llab-quvvatlandi.

Chunki ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida. Shu jihatdan, yoshlar qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish eng dolzarb vazifa hisoblanadi.

Shuningdek, uchrashuvda Humoyun To‘rayev tengdoshlarining o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan “Amazon” kompaniyasi faoliyati va hayoti haqidagi savollariga ham javob qaytardi.